Toshkent IIBB janjaldan keyin komaga tushgan talaba haqida ma’lumot berdi

3-sahifa

image

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi ijtimoiy tarmoqlarda San’at instituti talabasi 5 kundan beri komada qolayotgani haqidagi xabar va suratga munosabat bildirdi.

Xabarlarda komadagi yigitni kursdoshining ukasi “turtib yuborgani” aytilgan.

Poytaxt IIBB Matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, joriy yilning 19 fevral kuni soat 12:30 larda 18 yoshli Madamin A. va O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti talabasi 20 yoshli Jahongir A. o‘rtasida kelib chiqqan mojaro janjalga aylangan. Madamin A. qo‘l jangi usulini qo‘llagan, natijada ikkalasi yerga yiqilgan. Yiqilish jarayonida Jahongir A. beton to‘siqqa boshi bilan urilgan. Oqibatda u tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi (qasddan og‘ir tan jarohati yetkazish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Madamin A. jinoyat ishiga gumon qilinuvchi sifatida jalb qilingan. Tergov davom etmoqda.

Shuningdek, ma’lum qilinishicha, hozirda Jahongir A. jarrohlik amaliyotidan o‘tgan va koma holatidan chiqqan, shifokorlar uning ahvolini mo‘’tadil deb baholamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

talaba janjal

Baholaganlar

1475

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing