Toshkent chorrahalaridagi kameralarning litsenziyasi tugagan – hokimlik

Jamiyat

image

Toshkent shahridagi 114 ta chorraha va boshqa joylarda kameralarning litsenziyasi tugagan. Bu haqda kecha, 27 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining yigirma beshinchi sessiyasida aytib o‘tildi.

Shuningdek, sessiyada ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar bilan birgalikda Toshkent shahar mahalliy byudjetining 2020 yildagi qo‘shimcha manbalarini xarajatlarga yo‘naltirish masalasi ham ko‘rib chiqildi.

Mazkur masala yuzasidan so‘zga chiqqan Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Raqamli rivojlanish departamenti rahbari o‘rinbosari Aleksey Xen shahardagi yo‘llar xavfsizligini ta’minlash maqsadida Maxsus avtomatlashtirilgan foto va videofiksatsiya tizimi va uni ishga tushirish uchun talab etilayotgan mablag‘ haqida ma’lumot berib, mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalaridan mazkur loyihani moliyalashtirishni so‘ragan.

Aleksey Xenning so‘zlariga ko‘ra, Toshkent shahridagi 114 ta chorraha va boshqa joylarda Shveysariya kompaniyasi bilan hamkorlikda 2017 yilda ishga tushirilgan kameralarning litsenziyasi tugagan. 

Endilikda mahalliy “ABL-SOFT” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan dastur yordamida mazkur tizimni yana ishlatish ko‘zda tutilgan. Taklifga ko‘ra, 1,1 mlrd so‘mga mazkur tizim xarid qilinadi. Ma’ruzachining aytishicha, bu pulni ikki oyda qoplash mumkin bo‘ladi. Chunki bitta kompleks oyiga taxminan 300 mln so‘mlik qoidabuzarlikni qayd etadi.


Maqola muallifi

Teglar

kamera chorraha

Baholaganlar

233

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing