“Tolibon” giyohvandlikka qarshi urush boshladi

Olam

image

“Tolibon” Afg‘onistonda giyohvandlikka qarshi kurash boshladi. Harakat vakillari giyohvandlar to‘planadigan ko‘priklar tagida reydlar o‘tkazmoqda. Bu haqda “Euronews” xabar berdi.

Qobulda avvalgi hukumat davrida giyohvandlarni davolash uchun 1000 o‘rinli reabilitatsiya markazi ochilgan bo‘lib, “Tolibon” boshqaruvni qo‘lga olgach, giyohvandlarni ushlash va markazga yotqizish ko‘paygan. Ko‘p hollarda ular kuch bilan markazga olib boriladi.

Qayd etilishicha, giyog‘vandlik ko‘priklari mamlakatda narkotik moddalar savdosi va ko‘cha jinoyatchiligining o‘chog‘i hisoblanadi.

Markazda bemorlar yaxshilab tekshiriladi va tartibga keltiriladi. Shundan so‘ng, mavjud vositalar yordamida narkomanlarni reabilitatsiya qilish boshlanadi. Ko‘pchilik bu yerga bir necha marta qaytib keladi.

“Men met qabul qildim, lekin hozir men bir oydan beri tozaman. Shifoxonada bo‘lganimdan xursandman. Bu yerda bizga bo‘lgan munosabatdan juda mamnunman. Bizga ovqat va suv beriladi. Biz bu yerda ovqatlanamiz va uxlaymiz. Agar Xudo xohlasa, biz 45 kundan keyin tuzalib, uyga va ishga qaytishimiz mumkin bo‘ladi”, deydi bemorlardan biri.

Ma’lumot uchun, o‘tgan asrning 90-yillarida “Tolibon”ning o‘zi Afg‘onistonda giyohvand moddalar ishlab chiqarishni faol ravishda rag‘batlantirgan va mamlakatni narkotik yetishtirish bo‘yicha jahon yetakchisiga aylantirdi. Giyohvandlikdan olingan daromad evaziga toliblar raqobatchilariga qarshi muvaffaqiyatli kurash olib borgan. Ammo 2000-yillarda bu afg‘onlarning o‘zlariga ta’sir qildi: geroin nondan arzon bo‘lgan mamlakatda giyohvandlar soni keskin o‘sa boshladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

168

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing