“Tolibon” Afg‘onistondagi chet el qo‘shinlariga hujum uyushtirish bilan tahdid qildi

Olam

image
0:00
0:00
download

Tolibon harakati xorijiy qo‘shinlarning Afg‘onistondan chiqarilishini kechiktirish Dohada erishilgan tinchlik kelishuvining buzilishi sifatida baholanishidan ogohlantirdi. Bu haqda bugun, 26 mart kuni “TOLOnews” telekanali ma’lum qildi.

Toliblarning ta’kidlashicha, bu holda Afg‘onistondagi zo‘ravonlikning davom etishiga shartnoma shartlarini bajarmaganlar aybdor bo‘ladi.

Harakat, shuningdek, agar chet el qo‘shinlari 1 mayga qadar mamlakatdan olib chiqilmasa, ularga nisbatan hujum uyushtirishga tayyorligini e’lon qilgan.

Avvalroq, 24 mart kuni AQSH Prezidenti Jo Bayden Afg‘onistondan qo‘shinlarni o‘z vaqtida olib chiqish qiyinligini ta’kidlagan edi.

Bundan tashqari, Pentagon ham AQSH o‘z qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib chiqish to‘g‘risida qaror qabul qilmaganini aytgandi.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yil fevral oyi oxirida AQSH va Tolibon Dohada tinchlik shartnomasini imzolagandi. Kelishuvga ko‘ra, Amerika qo‘shinlari shartnoma tuzilganidan 14 oy o‘tgach Afg‘onistonni tark etishi kerak edi. Biroq, joriy yil yanvar oyida AQSHning yangi Prezidenti Jo Bayden ma’muriyati Tolibon bilan tuzilgan shartnomani qayta ko‘rib chiqish niyatida ekanini e’lon qildi.

Ma’lumot o‘rnida, Afg‘onistonga chet el qo‘shinlari (NATO askarlari – tahr.) 2001 yilda AQSHda yuz bergan teraktdan so‘ng kiritilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Tolibon

Baholaganlar

267

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing