Tokio Olimpiadasida qatnashgan terma jamoa 13 haftadan so‘ng ortga qaytdi

Sport

image

Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarida qatnashgan Kuk orollari delegatsiyasi Yangi Zelandiya orqali o‘tgan yo‘nalish va undagi karantin talablari sabab  o‘z uyiga qaytdi.

Kuk orollari Milliy Olimpiya qo‘mitasi rahbari Xyu Grem boshchiligidagi delegatsiya 13 hafta avval Yaponiyaga jo‘nab ketgan edi. Qaytish yo‘lida ular Yangi Zelandiyadagi tranzit yo‘nalishini tanlagandi. Biroq bu yo‘nalish kuchli lokdaunga tushib qolgach, u yerdagi barcha karantinga olindi. Shu bois delegatsiya rahbari va Olimpiadada qatnashgan 6 nafar sportchi uzoq vaqt ana shu hududda qolib ketgan. Nihoyat, ular o‘z Vatanlariga qaytdi.

Eslatib o‘tamiz, 3 ta sport turida bahslarda qatnashgan Kuk orollari delegatsiyasi sportchilari Olimpiadada medalsiz qolgan edi.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston vakillari Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarida umumiy hisobda 5 ta medal qo‘lga kiritgan va jahon reytingida 32-o‘rinni band etgandi. 


 


Maqola muallifi

Teglar

Yangi Zelandiya Olimpiada Tokio-2020 Kuk orollari

Baholaganlar

55

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing