Tokio Olimpiadasi umuman o‘tkazilmasligi ham mumkin – Bax

Sport

image

Tokioda o‘tishi rejalashtirilgan Olimpiya o‘yinlari, agar 2021 yil yozida ham o‘tkazilmasa, bekor qilinishi mumkin. Bu haqda Xalqaro olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax ma’lum qildi.

U musobaqani doimiy ravishda orqaga surish va buning uchun tashkiliy qo‘mitaning bir necha ming kishisini doimiy jalb etishning iloji yo‘qligini ta’kidladi.

"Biz turli xil ssenariylarga tayyor turishimiz kerak. Umid qilamizki, bu o‘yinlar kelasi yilning iyul oyida bo‘lib o‘tadi. Balki sportchilar uchun karantin zarur bo‘lar”, dedi Bax.

Ma’lumot uchun, Tokio Olimpiadasi 2020 yilning 24 iyulidan 9 avgustigacha bo‘lib o‘tishi kerak edi, ammo koronavirus tarqalishi sababli musobaqalar 2021 yilgacha qoldirildi.


Maqola muallifi

Teglar

Olimpiada Tokio

Baholaganlar

81

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing