Tokio-2020. O‘zbekistonlik beshkurashchi so‘nggi bahs oldidan 4 pog‘ona yuqoriladi

Sport 1901
image

Bugun, 7 avgust kuni zamonaviy beshkurash bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi bellashuvlarga ham start berildi. Unda o‘zbekistonlik Aleksandr Savkin ham ishtirok etmoqda.

Qilichbozlik bahslaridan so‘ng 142 ochko bilan 36-pog‘onada turgan Savkin, 200 metrga suzish bellashuvidan so‘ng 1 pog‘ona yuqorilashga erishdi. Ushbu dasturda u masofani 2 daqiqa 6.64 soniya vaqtda suzib o‘tdi. Bu orqali Aleksandr yana 297 ochko ishlab oldi.

Shuningdek, chavandozlik bahslaridan so‘ng Savkin yana 4 pog‘ona yuqorilab, 31-o‘ringa ko‘tarilib oldi. So‘nggi chiqish oldidan sportchida 718 ochko mavjud. Soat 16:00 da so‘nggi bosqichga start beriladi.

Abdulla Mannonov
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 55
Reyting: 3.3
t
×