Tokio-2020. Ikki nafar o‘zbekistonlik para suzuvchi finalga chiqdi

Sport 1949
image

Tokio shahridagi XVI yozgi Paralimpiya o‘yinlarining bugungi bahslari ham para suzish bilan boshlandi. 

Ertalabki dasturda 3 nafar o‘zbekistonlik para suzuvchi final yo‘llanmasi uchun kurash olib bordi.

Dastlab Firdavsbek Musabekov 100 metrga brass usulida suzish bahsida o‘z guruhida 2-o‘rin bilan finalga yo‘l oldi. 

Shundan so‘ng Shohsanam Toshpo‘latova ham o‘z guruhida to‘rtinchi natija bilan final ishtirokchisiga aylandi. Afsuski, Nigora Mirzohidova  saralashdan o‘ta olmadi.

Shu tariqa, Musabekov Toshkent vaqti bilan soat 15:02 da, Toshpo‘latova esa 15:08 da medallar uchun kurash olib boradigan bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Paralimpiya terma jamoasi medallar jamg‘arish bo‘yicha umumjamoa hisobida ayni damda 14-o‘rinni egallab turibdi.

Abdulla Mannonov
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 63
Reyting: 2.9
t
×