Tokio-2020, Futbol. Braziliya ilk finalchiga aylandi, uning raqibi yaqin soatlarda aniq bo‘ladi

Sport 1805
image

Tokio Olimpiadasi futbol turniri ham o‘zining qizg‘in pallasiga kirib bormoqda. Bugun, 3 avgust kuni yarim final doirasidagi birinchi o‘yin o‘tkazilib, dastlabki finalchi ma’lum bo‘ldi.

Unda amaldagi chempion Braziliya Meksikaga qarshi maydonga tushib, asosiy vaqt va qo‘shimcha bo‘limlarda durang qayd etdi — 0:0. Penaltilar seriyasida esa omad amaldagi chempionga kulib boqdi — 4:1.

Natijada, Braziliya Olimpiada finaliga yo‘llanma oldi. Ikkinchi finalchi nomi esa bugun o‘tkaziladigan Yaponiya – Ispaniya uchrashuvidan keyin ma’lum bo‘ladi.

Final bahsi 7 avgust kuni soat 16:30 da bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Abdulla Mannonov
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 44
Reyting: 3.2
t
×