Tokio-2020. Futbol bahslarida bronza medallar o‘z egasini topdi

Sport 2630
image

Tokioda davom etayotgan yozgi Olimpiadada erkaklar futboli bo‘yicha bronza medallari uchun bahslar o‘tkazildi.

Meksika hamda Yaponiya terma jamoalari bellashuvida Amerika qit’asi vakillari mezbon Yaponiya olimpiyachilari ustidan 3:1 hisobida ishonchli g‘alabaga erishdi. 

Gollarga Meksika safida Kordova, Vaskes hamda Vega mualliflik qilgan bo‘lsa, Yaponiyaning yagona goli yarimhimoyachi Mitoma nomiga yozildi.

Shu tariqa, Meksika terma jamoasi Tokio Olimpiadasi futbol musobaqasining bronza medallariga sazovor bo‘lishdi. 

Eslatib o‘tamiz, Meksika yarim finalda Braziliyadan, Yaponiya esa Ispaniyadan mag‘lub bo‘lib, 3-o‘rin uchun kurashga qo‘shilishgan edi. Musobaqaning final bahsi esa erataga, 7 avgust kuni Toshkent vaqti bilan 16:30 da start oladi.

Abdulla Mannonov
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 64
Reyting: 3.1
t
×