Tiriklayin ko‘milgan hindistonlik qabrdan mustaqil chiqishga muvaffaq bo‘ldi

Olam

image

Hindistonning Gondal shahrida tiriklayin ko‘milgan odam mustaqil ravishda qabrdan chiqishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda mahalliy politsiyaga tayanib, “The Times of India” xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, Kapil Marakananing sobiq ish beruvchisi uni yaxshi ishlamaganlikda ayblagan. Shu sabab Kapilni o‘z sheriklari bilan birga o‘g‘irlab ketgan, keyin uni kaltaklagan. So‘ngra qo‘llari va oyoqlarini bog‘lab, yerga ko‘mib qo‘ygan.

Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, Marakana g‘ayritabiiy sa’y-harakatlar tufayli bir oyog‘ini qum ostidan ozod qilishga muvaffaq bo‘lgan. Keyinchalik u qabrdan butunlay chiqib ketishga muvaffaq bo‘lgan.

Bir kishi yaqin atrofdagi mahkamaga yugurib kelib, nima bo‘lganini politsiyaga aytib berdi. Bosqinchilar qo‘lga olingan.


Maqola muallifi

Teglar

Hindiston

Baholaganlar

1026

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing