Tibbiyot xodimlariga ishda hijobda yurishga taqiq bekor qilindi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekistonda Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘iga asosan tibbiyot xodimlariga “hijob va boshqa diniy kiyim-boshlarda yurish” bo‘yicha taqiq olib tashlandi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherboyev ma’lum qilishicha, Sog‘liqni saqlash vazirining "Odob-axloq kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida"gi buyrug‘i qabul qilingan.

Sog‘liqni saqlash vazirining 2016 yil 20 yanvardagi 34-buyrug‘iga asosan tibbiyot xodimlari hijob va boshqa diniy kiyim-boshlarda yurishlari taqiqlangan edi. Endilikda ushbu buyruq bekor qilingan.

Shu o‘rinda deputat O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlarida fuqarolarga hijob va boshqa diniy kiyimlarda yurish bo‘yicha cheklovlar mavjud emasligini ta’kidlab o‘tgan.


Maqola muallifi

Teglar

hijob

Baholaganlar

232

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing