“Tavba ziyorati”: Rim papasi Kanadaga borib, hindulardan kechirim so‘radi

Olam

image
0:00
0:00
download

Rim papasi Fransisk Kanadaga safari chog‘ida katolik cherkovi va nasroniylar ishtirokidagi majburiy assimilyatsiya siyosati chog‘ida mahalliy aholiga yetkazilgan zarar uchun uzr so‘radi.

Fransisk hindu oilalari farzandlari majburan jo‘natilgan internatlarning “halokatli” rolini ta’kidlab, u yerda sodir bo‘lgan voqealarni “jiddiy tekshirish”ga chaqirdi. U maktab-internatlardan o‘tgan ikki ming kishi oldida uzr so‘rab nutq so‘zlagan.

“Bugun men shu yerda, qadimiy xotiralar bilan bir qatorda hali ham ochiq yaralar izlarini saqlab qolgan zamindaman. Men shu yerdaman, chunki tavba ziyoratimning birinchi qadami yana istig‘for so‘rash, chuqur afsusda ekanligimni yana bir bor aytishdir. Afsuski, ko‘plab nasroniylar mahalliy xalqlarni ezgan hokimiyatning mustamlakachilik nuqtai nazarini qo‘llab-quvvatlaganidan afsusdaman. Ayniqsa, cherkov va diniy jamoalarning ko‘plab a’zolari, ayniqsa, befarqliklari tufayli, madaniy vayronagarchilik va majburiy assimilyatsiya qilish loyihalariga jalb qilingani uchun uzr so‘rayman.

Xalqlaringizning asl o‘ziga xosligini tashkil etgan qadriyatlar, til va madaniyatning mustahkam zamini qanday yemirilib ketgani va buning narxini to‘lashda davom etayotganingiz haqida o‘ylash og‘riqli. Dahshatli yovuzlik qarshisida cherkov Xudo oldida tiz cho‘kib, farzandlarining gunohlari uchun kechirim so‘rab ibodat qiladi. Men kamtarlik bilan ko‘plab masihiylarning mahalliy xalqlarga nisbatan qilgan zulmi uchun kechirim so‘rayman”, degan Rim papasi Fransisk.

Marosim so‘ngida hindu rahbarlari Rim papasiga an’anaviy patlardan yasalgan toj sovg‘a qilishgan.

Rim papasi Kanadaga qilgan safarini “tavba ziyorati” deb atagan. Bir necha oy oldin Kanadaning tub aholisi vakillari Frensiskni Vatikanda ziyorat qilishgan va Papa u yerda cherkovning hindularni ta’qib qilishdagi roli uchun birinchi marta kechirim so‘ragandi. Mahalliy xalqlar vakillari va Kanada rasmiylari Kanada tuprog‘ida ham kechirim so‘rashni zarur deb bilishlarini aytishgan.

Kanadada bolalarning ommaviy qabrlari topililishi

O‘tgan yilning 29 may kuni Kanadada birinchi nomsiz qabrlar topilgan edi. 215 nafar voyaga yetmagan bolalarning jasadi, Kanadaning Britaniya Kolumbiyasi, Kamlups shahridagi mahalliy bolalarni assimilyatsiya qilish bo‘yicha sobiq maktab o‘rnida topilgan, ularning ba’zilari uch yosh bo‘lgan.

Keyinchalik, 24 iyun kuni Kanadaning Saskachevan shahridagi Kauessess jamiyati rahbari Kadmus Delorm mamlakat g‘arbidagi Saskachevan shahrida 1990 yillargacha faoliyat yuritgan hindu bolalari uchun sobiq cherkov internat-maktabi hududida 751 bolaning qoldiqlari bo‘lgan noma’lum qabrlar topilgani haqida xabar berdi.

Kanada Bosh vaziri Jastin Tryudo topilgan qabrlarni “Kanada tarixidagi eng qora sahifalardan biri” deb atadi.

Birinchisi 1840 yilda Kanada hukumati nomidan katolik cherkovi tomonidan ochilgan, oxirgisi esa 1997 yilda yopilgan cherkov internat-maktablari 150 mingdan ortiq tub aholi bolalari oilasidan ajratilib, majburan olib ketilgan joylar sifatida tarixga kirdi.

Taxminlarga ko‘ra, bolalarning aksariyati zo‘ravonlik, jinsiy va jismoniy zo‘ravonlik, shuningdek, ochlik va sovuqqa duchor bo‘lgan, ba’zilari ustida esa tibbiy tajribalar o‘tkazilgani aytiladi.

2008 yilda Kanadada cherkov maktab-internatlaridagi bunday hodisalarni tekshirish uchun komissiya tuzilgan. 2015 yilda o‘tkazilgan tekshiruvlardan so‘ng Kanada rasmiylari maktab-internatlari tizimi faoliyatini “madaniy genotsid” deb e’lon qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Rim papasi

Baholaganlar

184

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing