Tashabbus va rahbarligingiz uchun minnatdorlik bildiraman – YeK Prezidenti Mirziyoyevga xat yo‘lladi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Yevropa Kengashi Prezidenti Sharl Mishel O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga maktub yo‘lladi. Bu haqda Prezident Matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi. Xatda shunday deyiladi:

Janobi Oliylari, Men Sizga o‘zimning shaxsiy salomimni va Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi ajoyib hamkorlik uchun minnatdorchiligimni yetkazmoqchiman.

Mamlakatingiz va mintaqangiz COVID-19 inqirozi va uning oqibatlari munosabati bilan qanday qiyinchiliklarga duch kelayotganiga qaramay, O‘zbekistondagi islohotlar jarayoni umumiy qadriyatlar asosida aloqalarimizni yanada rivojlantirish uchun imkoniyatlar yaratishda davom etayotganini mamnuniyat bilan ta’kidlayman. Barqarorlik va farovonlikning asosiy elementlari sifatida qonun ustuvorligini mustahkamlash, inson huquqlari va asosiy erkinliklarini hurmat qilish bo‘yicha e’tiboringizni mamnuniyat bilan qabul qilamiz.

Yevropa Ittifoqi O‘zbekiston Respublikasi bilan yaqin muloqotni davom ettirishga qatiy qaror qilganligini yana bir bor tasdiqlashga ijozat bergaysiz. Biz kelgusi davrda munosabatlarimizni rivojlantirish uchun mustahkam zamin yaratadigan yangi kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim bo‘yicha muzokara jarayonlarini yakunlashdan manfaatdormiz.

Tabiiyki, biz ham 2021-2027 yillarga mo‘ljallangan Yevropa Ittifoqining yangi moliyaviy vositasining navbatdagi dastur sikli doirasida o‘z hamkorligimizni davom ettirishga tayyormiz. Bizning birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz mamlakatingiz atrof-muhitni tiklash va “yashil” iqtisodiyotga o‘tishni qo‘llab-quvvatlashi mumkin. Iqlim o‘zgarishi, shu jumladan Orol dengizi mintaqasi muammolarini hal qilish bo‘yicha sizning tashabbuslaringizni alohida qiziqish bilan qayd etdim.

Mintaqaviy masalalarga to‘xtalsak, shuningdek, inqiroz davrida mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha sizning tashabbuslaringiz va rahbarligingiz uchun minnatdorligimni bildirmoqchiman. Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonning butun Markaziy Osiyoda, shu jumladan Afg‘onistonda hamkorlik, xavfsizlik va barqarorlikni rivojlantirishga qaratilgan sa’y-harakatlarini iliq kutib oladi. Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha strategiyasi mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish uchun mustahkam asos yaratadi.

Men Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili, elchi Piter Buryandan hukumatingiz bilan yaqinda bo‘lib o‘tadigan O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida mintaqaviy va ikki tomonlama hamkorligimizni rivojlantirish uchun muhim sohalarda muhokama qilishlarini so‘radim.

Men kelajakdagi aloqalarimizni intizorlik ila kutaman, bu shubhasiz hamkorligimizni yanada mustahkamlash bo‘yicha takliflarni muhokama qilish uchun imkoniyat yaratadi.

Samimiyat ila, Sharl Mishel,
Yevropa Kengashi Prezidenti


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Sharl' Mishel'

Baholaganlar

24

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing