Tadbirkorlarning mulkka doir huquqlarini buzish holatlari davom etmoqda – Mirziyoyev

Jamiyat

image

O‘zbekistonda tadbirkorlarning haq-huquqlari va mulkiy huquqlarini buzgan rahbarlar va mutasaddilar ma’muriy javobgarlikka tortiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga yo‘llagan murojaatnomasida ma’lum qildi. 

Prezidentning qayd etishicha, tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish uchun yanada qulay sharoit yaratiladi. 

“Bir narsani ochiq tan olish kerak, pandemiya davrida, iqtisodiyotning barqaror ishlashi uchun, tadbirkorlar davlat bilan teppa-teng hissa qo‘shdilar.  Bunga hammamiz guvoh bo‘ldik. 

Agar oxirgi 3 yilda tadbirkorlarga qulay shart-sharoit yaratmaganimizda, pandemiya davrida ular ishlamay qolardi. Ularda imkoniyat bo‘lmasdi. Yana bir bor ularga minnatdorlik bildirsak, to‘g‘ri bo‘lardi. 

Shuning uchun, barchamiz tadbirkorlarga yelkadosh bo‘lib, ularni doimo qo‘llab-quvvatlashimiz shart”, deydi Mirziyoyev.

Qayd etilishicha, bu borada ishbilarmonlarning haq-huquqlarini, ayniqsa, xususiy mulk daxlsizligini ta’minlash barcha darajadagi davlat organlarining asosiy vazifasi bo‘lishi kerak. 

“Shu bilan birga, ayrim joylarda tadbirkorlarning mulkka doir huquqlarini buzish holatlari davom etmoqda. Bu masalada davlat organlari rahbar va mutasaddilarini ma’muriy javobgarlikka tortish bo‘yicha biznes ombudasmanga vakolat berishni taklif etaman”, deydi Prezident. 

Tadbirkorlarning mulk huquqi buzilgani uchun davlat organlari xodimlarini ma’muriy javobgarlikka tortish bo‘yicha Biznes-ombudsmanga vakolat beriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

23

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing