Tabiiy gaz hisobini yuritishning onlayn tizimi yo‘lga qo‘yiladi

Jamiyat

image

Avvalroq, Prezident Shavkat Mirziyoyev 6 fevral kuni neft-gaz sanoatidagi ishlar natijadorligi, tabiiy gaz va suyuq uglevodorodlar qazib olish hajmini oshirish bo‘yicha joriy yilgi vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazgani haqida xabar bergan edik.

Yig‘ilishda yaratilgan sharoitlarga qaramay, tizimli muammolar barham topmayotgani, boshqa tarmoqlar rivojiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani ta’kidlab o‘tildi.

Shuningdek, “O‘ztransgaz” va “Hududgazta’minot” aksiyadorlik jamiyatlariga joriy yil iyul oyiga qadar 2,5 mingta yirik iste’molchini tabiiy gaz hisobini yuritishning onlayn tizimiga ulash vazifasi yuklatildi. 

Tabiiy gazni nazorat qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish doirasida kamida 2 million iste’molchiga zamonaviy elektron gaz hisoblagichlar o‘rnatish zarurligi qayd etildi.

Yig‘ilishda muhokama qilingan chora-tadbirlarni jadallashtirish bo‘yicha mas’ullar belgilandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

107

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing