Surxondaryo viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Bugun, 22 oktyabr kuni Surxondaryo viloyati hokimligida faollar yig‘ilishi o‘tkazildi. Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rildi. Bu haqda viloyat hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Yig‘ilishda viloyat hokimi To‘ra Bobolov, Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari, hokimlik apparati mas’ul xodimlari, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.

Amirov Alisher Xurramovich Sherobod tumani hokimi etib tasdiqlanishi munosabati bilan shu kungacha O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi “Loyihalar va Import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi”ning qurilish bo‘yicha loyiha oldi xujjatlarini ekpertiza qilish boshqarmasi  boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan. Ahmad Xudayshukurovich Suvonqulov viloyat hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.

Ma’lumot o‘rnida, Ahmad Xudayshukurovich Suvonqulov 1968 yilning 7 noyabrida Jarqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. 1994 yilda Toshkent davlat texnika universiteti, 2009 yilda Toshkent moliya institutini tamomlagan. 

Uzoq yillik faoliyati davomida Surxondaryo viloyati hokimligida kotibiyat mudiri, viloyat hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi direktori, Sho‘rchi tumani hokimining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Investitsiya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari va boshqa mas’uliyatli lavozimlarda faoliyat yuritgan.


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo tayinlov Ahmad Suvonqulov

Baholaganlar

57

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing