Sudyalar ish haqi to‘liqligicha davlat byudjetidan moliyalashtiriladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud organlari faoliyatini moliyalashtirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi. 

Farmonga muvofiq, 2021 yildan boshlab Konstitutsiyaviy sud, Sudyalar oliy kengashi, Oliy sud, quyi sudlar sudyalari, Sudyalar oliy maktabi va ularning apparati xodimlari, Oliy sud huzuridagi Sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti va uning hududiy bo‘limlari xodimlarining ish haqlari va qo‘shimcha to‘lovlari to‘liqligicha Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.

Bunda quyidagi to‘lovlar 2021 yil 1 oktyabrgacha Sud hokimiyati organlarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, 2021 yil 1 oktyabrdan boshlab esa respublika byudjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi:

•    sudlar, Sudyalar oliy kengashi sudyalari va ularning apparati xodimlari, Oliy sud huzuridagi Sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti va uning hududiy bo‘limlari xodimlarining ko‘p yillik xizmatlari uchun ustamalar;

•    Oliy sud, Sudyalar oliy kengashi sudyalari va apparatlari xodimlari, Oliy sud huzuridagi Sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti va uning hududiy bo‘limlari xodimlarining malaka darajasi va mansab darajasi uchun qo‘shimcha haq.

Farmon bilan Sudyalar, sud apparati xodimlari, Sudyalar oliy kengashi, shuningdek, Sudyalar oliy maktabi, Oliy sud huzuridagi Sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti va uning hududiy bo‘limlari xodimlarining tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lash razryadlari tasdiqlandi.


Maqola muallifi

Teglar

sud

Baholaganlar

47

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing