SSV koronavirusga chalinish holatlari haqida so‘nggi ma’lumotlarni berdi

Jamiyat

Screenshot_1

Bugun, 22 avgust soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni yana 157 nafarga oshdi va jami virus yuqtirganlar  38 231 nafarga yetdi Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining:

• 100 nafari Toshkent shahrida;

• 21 nafari Samarqand viloyatida;

• 17 nafari Namangan viloyatida;

• 6 nafari Toshkent viloyatida; 

• 6 nafari Surxondaryo viloyatida;

• 4 nafari Qashqadaryo viloyatida; 

• 3 nafari Andijon viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Bugun, Mirzo Ulug‘bek tumanida yashagan 75 yoshli U.X. (erkak) hamda Shayxontohur tumanida yashagan 36 yoshli F.A. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Ayni paytda O‘zbekistonda 33 989 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (89 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 3 980 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 277 nafari og‘ir, 96 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Ahrorbek Hayrullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

314

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing