SSV koronavirusdan davolanayotganlar statistikasidagi ulkan farq bo‘yicha izoh berdi

Jamiyat

image
O‘zbekistonda COVID-19 bemorlari uchun ajratilgan koykalarning 6,5 minggi bandligi aytildi north_east

O‘zbekistonda COVID-19 bemorlari uchun ajratilgan koykalarning 6,5 minggi bandligi aytildi

Avvalroq, bugungi kunda koronavirusga ixtisoslashgan shifoxonalarida 6570 nafar bemor davolanayotgani, Sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiy statistikasidada esa bu ko‘rsatkich 2123 nafar ekani haqida xabar bergandik. Bemorlar sonida 3 baravar farq borligi Prezident raisligidani videoselektor yig‘ilishida aytib o‘tilgandi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi mazkur ma’lumotlar yuzasidan izoh berdi.

Ma’lum qilinishicha, ko‘rsatilgan 6570 nafar bemor orasida o‘tkir respirator kasalliklari, koronavirusga gumon qilingan va og‘ir turdagi pnevmoniya, shuningdek, virus tasdiqlanmagan bemorlar ham bor. 

“Koronavirus bilan bog‘liq statistikaga faqat maxsus laborator tibbiy tekshiruvlar orqali kasalligi tasdiqlangan bemorlargina kiritiladi. Kasallikning ayrim simptomlari mavjud bo‘lib, kasallik gumon qilingan, lekin infeksiya tasdiqlanmagan, shuningdek, pnevmoniyaga chalingan yoki unga ham gumon qilingan bemorlar, tabiiyki, koronavirus bilan bog‘liq umumiy rasmiy statistikada hisobga olinmaydi. Ammo yuqumli kasalliklarga ixtisoslashgan va yurtimizning qator hududlarida tashkil etilgan Saralash va taqsimlash markazlarida bunday bemorlar ham statsionar sharoitda davolanishlari uchun zarur sharoitlar muhayyo qilingan. Hozirda ular shunday maskanlarda davolanishmoqda”, deyiladi izohda.

Qayd etilishicha, kasallik tasdiqlansa, ular darhol rasmiy statistikaga kiritiladi va yuqumli kasalliklar shifoxonalariga yo‘naltiriladi. 

“Shuning uchun koronavirus tasdiqlanmagan, lekin boshqa kasalliklardan davolanayotgan bemorlar ham juda ko‘p. Shularning hisobiga shifoxonalardagi bemorlar soni koronavirusdan davolanayotgan bemorlarning vazirlik e’lon qilayotgan rasmiy miqdoridan farqli ekanini ko‘rish mumkin”, deya ta’kidlagan vazirlik.

Ta’kidlash kerakki, SSVning koronavirus statistikasi bo‘yicha berayotgan ma’lumotlari borgan sari "kambag‘allashib" boryapti. Avval boshida koronavirusdan vafot etganlarning shaxsi va qaysi hududdan ekani haqidagi ma’lumotni berish to‘xtatilgandi. Keyinroq og‘ir va o‘ta og‘ir ahvoldagi bemorlar soni haqidagi ma’lumotlar ham "maxfiy" bo‘lib qoldi.


Maqola muallifi

Teglar

SSV Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

178

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing