SSV izolyatsiya qilingan Seul-Toshkent reysi yo‘lovchilari haqida ma’lumot berdi

Jamiyat

image
Seuldan Toshkentga kelgan reys yo‘lovchilari vaqtincha karantinga olindi north_east

Seuldan Toshkentga kelgan reys yo‘lovchilari vaqtincha karantinga olindi

Avvalroq, Janubiy Koreyadan kelgan samolyot yo‘lovchilari karantinga olingani haqida xabar bergan edik. Sog‘liqni saqlash vazirligi karantinga olinganlar bo‘yicha ma’lumot berdi.

Kecha, 26 fevral kuni “O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasiga tegishli NY 514-reys bilan Seul – Toshkent yo‘nalishida Toshkent vaqti bilan soat 19:02da poytaxtimizga uchgan samolyot bortida 1996 yilda tug‘ilgan, Qirg‘iziston Respublikasi fuqarosi B.T.ning salomatligi yomonlashganligi, unda insult alomatlari aniqlanganligi sababli samolyot 20:55 da Seul aeroportiga qaytarilgan. Seul aeroportida bemor va uning farzandi hamda bir nafar fuqaro tushirib qoldirilib, B.T.dan koronavirus infeksiyasiga laborator tahlillar olingan.

Shundan so‘ng, samolyot Toshkent vaqti bilan soat 22:59 da Seuldan O‘zbekiston poytaxtiga 232 nafar yo‘lovchi, 12 nafar ekipaj a’zolari bilan jami 244 nafar fuqaro uchgan va joriy yil 27 fevral kuni, soat 05:58 da Toshkent halqaro aeroportiga kelib qo‘ngan.

Koronovirusning O‘zbekistonda tarqalishining oldini olish maqsadida Seuldan kelgan yo‘lovchilar Toshkent aeroporti xalqaro terminalining alohida zalida vaqtincha sanitariya izolyatsiyasiga joylashtirilib, O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan bir qator zarur profilaktik tadbirlar o‘tkazilgan. Ularda koronavirus infeksyasi aniqlanmagan.

Ma’lum bo‘lishicha, Seul shahrida qolgan Qirg‘iziston Respublikasi fuqarosi B.T.dan koronavirus infeksiyasiga olingan laboratoriya tahlil natijalariga ko‘ra, unda koronavirus alomatlari aniqlanmagan.


Maqola muallifi

Teglar

virus karantin

Baholaganlar

207

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing