Safoyevdan Moskvaga javob: Senator Mirziyoyevning SSSRning zulmi haqida aytganlarini tasdiqladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 31 avgust kuni Shahidlar xotirasi maydoni va “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyida “Mustaqillikka erishish oson bo‘lmagan. Istiqlolimizga 31 yil bo‘lgani bilan bobolarimiz 100 yillar oldin bunga harakat qilgan. 100 ming vatandoshimiz qatag‘onga uchrab, 13 ming nafari shafqatsiz otib tashlangan. Nima uchun?”, deya aytgan gaplari Moskvada ko‘plab muhokamalarni keltirib chiqardi. 

Jumladan, Davlat Dumasining MDH,  Yevroosiyo integratsiyasi va vatandoshlar bilan aloqalar qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Konstantin Zatulin e’tirozli munosabat bildirdi. 

“Sovet Ittifoqida o‘zbek millatini hech kim yo‘q qilgani yo‘q. Hozir Sovet Ittifoqida ukrainlarni ataylab och qoldirgan, Boltiqbo‘yi xalqlarini qirib tashlagan va hokazolarni aytadigan butun bir panteon mavjud. Sovet Ittifoqi barcha kamchiliklariga qaramay xalqaro hamjamiyat edi va O‘zbekiston xaritada Sovet Ittifoqi tarkibida dastlab paydo bo‘lgan, keyin esa mustaqillikka erishgan, tilini saqlab qolgan, o‘zini xalq sifatida saqlab qolgan”, deb yozadi Zatulin.

Uning ig‘vo aralash chiqishiga Toshkentdan ham javob bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev Mirziyoyevning fikrlarini qo‘llab-quvvatlab, shunday yozadi: 

“Mustabid tuzum qatag‘on qurbonlari xotirasini yod etgan O‘zbekiston Prezidentining muvozanatli, bosiq va o‘ta samimiy nutqiga mutlaqo noadekvat munosabat. O‘zi munozara nima haqida? Mustabid tuzum shafqatsiz va berahm bo‘lganligimi? Yoki halok bo‘lganlar haqiqatan ham g‘ayriinsoniy qatag‘on qurbonlari bo‘lganligimi? Aqli to‘g‘ri va xotirasi aniq bo‘lgan hech qaysi inson u yoki buni so‘roq qila olmaydi.

Tuzumga qarshi, Vatan ozodligi uchun o‘z ovozini baland ko‘tarishga jur’at etgan minglab va minglab yurtdoshlarimiz uchun poligon va qabriston bo‘lib qolgan joyda o‘tgan marosimda men ham qatnashdim. U chin qalbdan, yoriq va tantanali, qandaydir samimiy, insoniy tarzda o‘tdi.

Aynan shu joyda jallodlar tomonidan o‘z o‘limini jasorat bilan qabul qilganlar oldidagi qarzimizni insoniy ravishda qaytardik. Bu endi shov-shuvli siyosiylashtirish va populistik vahima uchun sababmi?”.


Maqola muallifi

Teglar

Sodiq Safoev

Baholaganlar

1016

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing