“Snos” bo‘yicha haqiqatan ham sharmandali ishlar bo‘ldi – Ortiqova

Intervyu

O‘zbekiston hamma joyda sharmanda bo‘lib yotibdi – Norboyeva north_east

O‘zbekiston hamma joyda sharmanda bo‘lib yotibdi – Norboyeva

Prezident qonunga xilof “snos”larni to‘xtatishni gapirdi north_east

Prezident qonunga xilof “snos”larni to‘xtatishni gapirdi

Avvalroq, QALAMPIR.UZ O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari Svetlana Ortiqova bilan suhbatlashgani haqida xabar bergan edik. Ushbu suhbatda Svetlana Ortiqova mamlakatdagi “snos”lar, uning ortidan chiqqan mojarolarga ham to‘xtaldi. Jurnalist Qamariddin Shayxov Bosh prokuror o‘rinbosariga 2019 yilda “snos”lar bilan bog‘liq jiddiy voqealar yuz bergani, shikoyatlar ko‘paygani, ammo bu vaziyatda Ortiqova maydonga chiqmagani sababini so‘radi. 

Qamariddin Shayxov: — Mana, shuncha “snos”lar, shuncha mulk huquqi bilan bog‘liq muammolarni ko‘ryapmiz. Qani bugungi zamonning Ortiqovalari, qani Ortiqova? 

Svetlana Ortiqova: — Bor. 

Q.Sh.: — Kuni kecha Adliya vazirimiz aytdilar: O‘zbekistonda “snos” 2019 yilni jumbushga keltirgan voqea bo‘ldi. 

S.O.: — To‘g‘ri. Lekin qancha odamlarning huquqi tiklanganini ham ayting. Shu bitta kamchiligini topsak-da... Bitta emas, “snos” bo‘yicha haqiqatan ham sharmandali ishlar bo‘ldi. O‘zbekiston uchun, Toshkent shahri uchun...

Sharmandagarchilik. Nima deysiz endi? Lekin kompensatsiya puli byudjetning yelkasiga tushyapti-ku. Keling, korrupsiyani kamaytiraylik, iqtisodni ko‘taraylik. 

 

Q.Sh.: — Kompensatsiya to‘lanishi, Prezident buni qaror bilan mustahkamlab qo‘yganidan keyin boshlandi. 

S.O.: — Shuning uchun siz bilan biz Prezidentga yordamchi, ko‘makdosh, yelkadosh bo‘lishimiz kerak. Qachon bu bizning miyamizga muhrlanadi? Qani, mana shu savolga javob bering, qachon? Muhrlangandan keyin zo‘r bo‘ladi. Bu uchun Prezident alohida qaror chiqarishlari ham kerak bo‘lmaydi. O‘zidan-o‘zi tizim ishlaydi. Ortiqova ishlaydimi, Yo‘ldoshev ishlaydimi, prokuratura o‘zi ishlaydi, byudjet to‘ladi, soliqlar vaqtida to‘lanadi, majburiy ijro byurosi ham kerakmas bo‘ladi.  Lekin yaqin tarixni, uzoq tarixni, 27 yillikdagi o‘tmishni ham esdan chiqarmaslik kerak. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019 yilning 3 avgust kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida Xorazm, Farg‘ona va Qashqadaryodagi “snos”larni qoralab, hokimlar Farhod Ermanov, Shuhrat G‘aniyev va Zafar Ro‘ziyevning xalqdan uzr so‘rashi kerakligi haqida gapirgan edi. O‘sha yig‘ilishda davlat rahbari O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripovga va Prezident Administratsiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinovga yuzlanib, “Bu masalalar hali tinchigani yo‘q. Shuning uchun Aripov va Nizomiddinovga topshiriq: qaysi viloyat hokimini ishdan olish bo‘yicha taklif berasizlar”, degan edi.

Shuningdek, 2019 yilning 20 iyul kuni soat 17:30 larda 1976 yilda tug‘ilgan Yakkabog‘ tumani hokimi o‘rinbosari Mansur Tuymayev. “Hisor Sarlochin” MCHJga tegishli savdo do‘konlarini buzish ishlarini tashkillashtirayotgan vaqtda mazkur jamiyatda ishlovchi, 1963 yilda tug‘ilgan fuqaro Baxriddin Isomov o‘ziga tegishli savdo do‘konini buzilishiga faol qarshilik ko‘rsatib, Mansur Tuymayevning yuz qismiga yelim idishda bo‘lgan benzin yoqilg‘isini sepib, uni yoqib yuborgan.

Mazkur holat bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilib, ish sudga yuborildi va 18 oktyabr kuni sud hukmi e’lon qilindi

Mazkur suhbatda Svetlana Ortiqova quyidagilar haqida ham gapirgan: 

•    Prokuratura organlaridagi poraxo‘rlik;

•    2005 yilda yuz bergan Andijon voqealarida qurollangan harbiylar tinch aholiga o‘q uzgani;

•    Sudlardagi nohaqliklar va sudyalarni lavozimga tayinlashdagi ishtiroki;

•    Hamon ikki xonali kvartirada yashashi;

•    Senatning qo‘mita raisi lavozimiga tayinlanganida yig‘ilishga Mercedes'da, ammo qizining koftasi, singlisining kostyumida och borgani, uyi yonib ketgani;

•    Kuch ishlatar tuzilmalar o‘rtasida liderlik va avtoritetga bo‘lgan intilish;

•    Poraxo‘rlikda ayblangan sobiq Bosh prokurorlar;

•    Avvalgi davrda tili bog‘liq bo‘lgani;

•    Mamlakatda jinoyatchilikni yashirish holatlari haqida ochiq gapirdi. 

Ushbu videointervyunining to‘liq shaklani QALAMPIR.UZ’ning YouTube’dagi sahifasida tomosha qilishingiz mumkin.  


Maqola muallifi

Teglar

snos Svetlana Ortiqova

Baholaganlar

115

Reyting

4.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing