Sirdaryoda vahima tarqatganlar qo‘lga olindi

Jamiyat

image

Avval xabar berganimizdek, kecha, 14 yanvar kuni yarim tunda ijtimoiy tarmoqlar orqali Tojikiston Respublikasi hududida joylashgan Qayroqqum suv omborining yorilishi natijasida suv toshqini sodir bo‘lganligi to‘g‘risida yolg‘on xabarlar tarqaldi. Bu xabar toshqindan zarar ko‘rgan Sardoba, Mirzaobod, Oqoltin kabi tumanlarda jiddiy vahima uyg‘otgan. Ayrimlar o‘z yashash hududini tark etishga oshiqqani holatlar ham bo‘ldi. Hozirda ushbu asossiz xabarlarni aholi orasida tarqatib, vahima uyg‘otganlar qo‘lga olingan.

Sardoba tumanida yashovchi E.M. joriy yilning 14 yanvar kuni tanishlaridan eshitgan asossiz ma’lumotlarga ishonib, turmush o‘rtog‘iga uyni tark etishini tayinlagan. Bu orqali tumandagi “Do‘stlik” mahallasi aholisiga mazkur yolg‘on xabar tarqalib, vahima uyg‘onishiga sabab bo‘lgan. Sarosima kuchaygach, u Tojikiston Respublikasi Panjikent tumanida yashovchi tog‘asidan ushbu holat yuzasidan ma’lumot so‘raydi. Amo tog‘asidan bu xabar noto‘g‘ri ekanini eshitishidan oldin aholi orasida vahima boshlanib ulgurgan edi.  

Ushbu xabarni eshitgan Oqoltin tumanida yashovchi bloger B.J. Tojikistondan toshqin kelayotganini aytib, odamlarni uylarini tark etishga undovchi videoni tasvirga olib YouTube’ga joylagan.

Mirzaobod tumanida yashovchi R.F. Sardoba va Oqoltin aholisi orasida uyg‘ongan vahimani opasidan eshitadi va qo‘ni-qo‘shnilarini uyg‘otib, uylarini tezroq tark etishga undaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

449

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing