“Shtraf”lar bazasi nega yo‘qolib qoldi? YHXBB tilga kirdi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda yo‘l qoidasini buzgan haydovchilar va jarimalar saqlanuvchi elektron baza xakerlik hujumi natijasida o‘chib ketgani haqida audiolar tarqalgandi. Unda jarimalar bazasi o‘chib ketgani uchun ko‘chalarda reyd tadbirlarini o‘tkazish ko‘paygani aytilgan.

O‘zbekiston IIV YHXBB tarqalgan audioxabarlar yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.Unga ko‘ra, ma’lumotlar bazasiga xech qanday hujum bo‘lmagan va barcha ma’lumotlar mavjud.

“Ma’muriy amaliyot bo‘limi va markaziy kompyuterlashtirilgan boshqaruv va aloqa xizmatining bazalari integratsiya qilinayotganligi sababli ayrim nosozliklar yuzaga kelmoqda. Fuqarolardan ushbu holatni to‘g‘ri tushunishlarini so‘raymiz.

Ayrim norasmiy sahifa egalaridan shu kabi holatlarga oydinlik kiritmasdan o‘z sahifalarida asossiz izohlamasliklarini so‘raymiz”, deyiladi boshqarma xabarida.

Ayni holat yuzasidan Ichki ishlar vazirligi Matbuot kotibi Shohruh G‘iyosov ham munosabat bildirib, ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlarni rad etib, ma’lumotlar bir yerda saqlanmasligini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

jarima YHXBB

Baholaganlar

801

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing