Shoabdurahmonov Qilichbozlik federatsiyasi raisligidan ham ketdi

Sport

image

2017 yildan beri O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasi raisi lavozimida ishlab kelgan Rustam Shoabdurahmonov o‘z arizasiga ko‘ra lavozimidan ozod etildi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Matbuot xizmati xabar berdi

Qayd etilishicha, Rustam Shoabdurahmonovning o‘z xohishiga ko‘ra yozgan arizasi ko‘rib chiqilgan va delegatlar tomonidan ma’qullangan.

O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasi raisi lavozimini esa “Kapitalbank” ATB Kuzatuv kengashi raisi Maqsud Abduvaliyevich Abdusamatov egallagan. 

Shuningdek, O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasiga bosh kotibligiga ushbu vazifada faoliyat yuritib kelgan Gulnora Saidova qayta saylangan. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 17 fevral kuni 2019 yilning may oyidan beri MOQ raisi lavozimida ishlab kelgan Rustam Shoabdurahmonov o‘z xohishiga ko‘ra yozgan arizasi bilan lavozimidan ozod etilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

121

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing