Shimoliy Koreyada nega hamon koronavirus yo‘q? Sir oshkor etildi

Olam

image

KXDR yetakchisi Kim Chen In mamlakatda koronavirus infeksiyasi mavjud emasligini izohladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunga ishchilar partiyasi va aholining birdamligi tufayli erishildi. Bu haqda Koreya Markaziy telegraf agentligi (KMTA) xabar bermoqda.

"Biz xavfli virusni hududimizga kirishini butunlay bloklab qo‘yganmiz va epidemiyaga qarshi barqaror vaziyatni saqlab turibmiz", deyiladi xabarda. Kim Chen Inning so‘zlariga ko‘ra, Shimoliy Koreya xalqi "partiya Markaziy Qo‘mitasining buyrug‘i va ko‘rsatmasiga binoan yakdil harakat qiladi".

Rasmiy statistik ma’lumotlarga ko‘ra, KXDRda koronavirusning birorta holati qayd etilmagan.

Aprel oyining oxirlarida noma’lum shaxs Shimoliy Koreyadan Xitoy tomon qochishga uringani haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi. Chegarani kesib o‘tish paytida u otib tashlangan. Shifoxonada yaradorga COVID-19 tashxisi qo‘yilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Shimoliy Koreya

Baholaganlar

3171

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing