Sharmanda! Jizzaxda YPX xodimlari haydovchining ichgan-ichmaganini stakanda tekshirmoqchi bo‘ldi (video)

3-sahifa

image

Jizzaxda Yo‘l-patrul xizmati xodimi xaydovchini spirtli ichimlik ichgan-ichmaganini tekshirish uchun alkotester o‘rniga bir marotaba ishlatiladigan, qog‘ozdan tayyorlangan stakandan foydalanmoqchi bo‘lgan. Ushbu holat aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, kulgiga sabab bo‘lmoqda. 

Gap shundaki, 5 nafar yo‘l-patrul xizmati xodimi tungi vaqtda yo‘lni to‘sib olib, yo‘lda harakatlanib kelayotgan Cobalt avtomobilini to‘xtatadilar. Haydovchi barcha hujjatlar joyida ekanini aytadi, u bilan muloqot qilgan yo‘l-patrul xizmati xodimi ham buni tasdiqlaydi. Keyin YPX xodimi haydovchining spirtli ichimlik ichgan-ichmaganini tekshirmoqchi bo‘ladi. Haydovchi esa buni alkotester orqali amalga oshirilishini aytadi. YPX xodimlari alkotester o‘rniga haydovchining spirtli ichimlik ichgan-ichmaganini qog‘ozdan tayyorlangan stakanda tekshirmoqchiligini aytadi. Avtomobilning ro‘parasida turgan YPX xodimi qo‘lida stakanni ko‘rsatgani esa avtomobilning video qayd etish moslamasiga tushadi. 

Mazkur video ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalar va kulgiga sabab bo‘layotgani ortidan IIV YHXBB munosabat bildirdi. Unda YPX xodimlarining alkotester o‘rniga stakandan foydalanmoqchi bo‘lgani tan olinadi. 

“Joriy yilning 10 sentyabr kuni Jizzax shahar Kimyogar mahallasi Sayilgoh ko‘chasida 5 nafar YPX xodimlari tomonidan Cobalt to‘xtatilgan.  YPX inspektori safdor A.Shodmonqulov haydovchining spirtli ichimlik iste’mol qilgan yoki qilmaganligini aniqlash maqsadida alkotester o‘rniga bir marotaba ishlatiladigan qog‘ozdan tayyorlangan stakan ko‘rsatgan.

Qayd etilishicha, alkotester vositasidan foydalanilmaganligi uchun barcha YPX xodimlarga nisbatan keskin choralar ko‘riladi”, deyiladi munosabatda.

Ma’lum qilinishicha, bugungi kunda Jizzax viloyati IIB YHXB 7 dona “Meta” rusumli va 6 dona “Alko Stop 8000S” rusumli alkotester vositalari bilan ta’minlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jizzax viloyati IIB YHXB ma’sul xodimlari tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

alkotester

Baholaganlar

562

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing