Shahrisabzda “GAI” odam urib yuborgani haqidagi xabarga izoh berildi
Jamiyat
−
28 yanvar 2021
9010Bugun, 28 yanvar kuni ijtimoiy tarmoqda Shahrisabzda GAI xodimi odam urib yuborgani haqida videolavha tarqaldi. YHXBB Mazkur xabarlar yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.
Video o‘rganilganda, kecha, 27 yanvar kuni Shahrisabz tumani IIB YHXB xodimlari E.Qo‘ziyev va M.Doniyorov belgilangan taqsimot asosida, Chorshanbe qo‘rg‘onchasi hududida xizmat oli borayotgan bo‘lgan.
Ular avtomobil yo‘lida o‘rnatilgan 3.27. “To‘xtash taqiqlangan” yo‘l belgisi ta’sir doirasida to‘xtab turgan bir-necha haydovchilar boshqaruvidagi transport vositalarini planshet yordamida suratga olib, qoidabuzarlik uchun tegishli tartibda chora ko‘rgan.
Biroq avtomobillar haydovchilari tomonidan ko‘rilgan choraga e’tiroz bildirilishi sabab atrofdagi boshqa haydovchilar ham to‘plangan.
“Fuqarolar tomonidan olingan video tasvirga “Shahrisabzda GAI xodimi odam urib yubordi” sarlavhasi noto‘g‘ri berilib, norasmiy sahifalarda asossiz tarqatilgan”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi
07 noyabr 2023
07 noyabr 2023
07 noyabr 2023