Sanchoga nemis pasporti beramiz — Lotar Matteus

Sport 1386
image

Germaniya terma jamoasi sobiq sardori, “Bavariya” klubi afsonasi Lotar Matteus “Borussiya Dortmund” vingeri Jeydon Sanchoning terma jamoadagi faoliyati borasida fikr bildirdi.

“Sancho ajoyib iqtidor egasi. U so‘nggi 2 yil ichida Bundesligada yilning eng yaxshi o‘yinchilaridan biri bo‘ldi. 

Agar Angliya terma jamoasi uchun uning iqtidori kamlik qilayotgan bo‘lsa, biz unga bemalol Germaniya pasportini taklif qilishimiz mumkin, sababi Germaniyada ko‘pchilik uni o‘ynamayotganidan hayratda”, deydi Mateus.

Ma’lumot uchun, Sancho Angliya terma jamoasi safida Yevro-2020 da atigi bir o‘yinda zaxiradan maydonga tushdi (Chexiyaga qarshi, 84-daqiqada). Nimchorak finalda Angliya Germaniya terma jamoasi bilan to‘qnash keladi. Uchrashuv 29 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.

Abdulla Mannonov
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 28
Reyting: 3
t
×