Samarqandda IIO xodimlari sayyohlarga elektroshoker qo‘lladi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahrida IIB xodimlari va sayyohlar o‘rtasida kelishmovchilik sodir bo‘lgani aks etgan video tarqaldi. Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shohruh G‘iyosov holatga munosabat bildirdi.

Uning ma’lum qilishicha, joriy yil 20 maydan 21 mayga o‘tar kechasi Samarqand shahrida tungi xizmatga jalb etilgan Samarqand shahar IIB Patrul-post xizmati xodimlari, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasida qo‘shni mamlakatdan O‘zbekistonga mehmonga kelgan sayyohlarning shaxsini tekshirish jarayonida qo‘pol munosabatda bo‘lib, xizmat vazifasini va maxsus-texnik vositalarni qo‘llash vakolatini suiiste’mol qilgan.

G‘iyosovga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik xizmati tomonidan prokuratura organlari bilan hamkorlikda mazkur holat yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda.

“Tekshiruv yakuniga ko‘ra, qonunchilikka zid harakat qilgan barcha xodimlarning hamda faoliyatga mas’ul rahbarlarining xizmatdan bo‘shatilishi va javobgarlik masalasi ko‘rib chiqiladi”, deydi G‘iyosov.

Kamronbey Kenjayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

402

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing