Samarqand shahar DSENM bosh vrachi vafot etdi

Jamiyat

image

Samarqand shahar Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorat markazi bosh vrachi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan  Pirmuhammad Mahmudov 49 yoshida vafot etdi. Bu haqda QALAMPIR.UZ’ga Samarqand viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi xabar berdi. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, u koronavirus xastaligiga chalingan bo‘lgan. Bir necha kun avval ushbu kasallikdan davolanib chiqqan. Uning vafotiga koronavirus qoldirgan asoratlar sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. 

Pirmuhammad Mahmudov 1971 yilning 20 oktyabr kuni Samarqand viyaloti Qo‘shrabot tumanida tug‘ilgan. 1994 yilda Toshkent davlat tibbiyot institutini tamomlagan. 

U mehnat faoliyatini 1995 yilda Samarqand viloyat bolalar yuqumli kasalliklari shifoxonasi vrachi sifatida boshlagan. Bugungacha:

•    1995-1997 yillarda Qo‘shrabot tumani Markaziy shifoxonasi Toz qishloq vrachlik punktida bolalar vrachi;

•    2001-2004 yillarda Qo‘shrabot tumani Markaziy shifoxonasi Toz qishloq vrachlik punkti mudiri; 

•    2004-2006 yillarda Samarqand shahar Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorat markazi vrach – epidemiologi;

•    2006-2018 yillarda Samarqand shahar Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorat markazi Epidemiologiya masalalari bo‘yicha bosh vrach o‘rinbosari;

•    2018 yildan Samarqand shahar Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorat markazi bosh vrachi lavozimida ishlagan. 

QALAMPIR.UZ marhumning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi. 


Maqola muallifi

Teglar

Pirmuhammad Mahmudov

Baholaganlar

384

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar