Saloh ketma-ket uchinchi marotaba “Liverpul”ning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘ldi 

Sport

image

"Liverpul" klubining misrlik hujumchisi Muhammad Saloh mersisaydliklar klubining fevral oyidagi eng yaxshi o‘yinchisi bo‘ldi. Bu haqda Angliya jamoasi rasmiy saytida xabar berilgan.  

Misrlik forvard qishning so‘nggi oyining eng yaxshi futbolchisiga ovoz berish jarayonida yarim himoyachi Kertis Jons va o‘ng qanot himoyachisi Trent Aleksandr-Arnoldni mag‘lub etdi. 

E’tiborli tomoni shundaki, Saloh ushbu sovrinni ketma-ket uchinchi marotaba qo‘lga kiritdi. 

Mersisaydliklar klubi muxlislari futbolchini o‘tgan yil dekabr va joriy yil yanvar oylarida ham tanlagandi. 

O‘tgan mavsumda Angliya premer-ligasida g‘olib chiqqan "Liverpul" 46 ochko bilan mamlakat chempionatida yettinchi o‘rinda bormoqda. Bu holatda, "Manchester Siti" peshqadam bo‘lib turibdi.


Maqola muallifi

Teglar

Saloh

Baholaganlar

39

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing