Safoyev: Bizda abituriyentlarni oliy ta’limga qamrab olish Afg‘onistondan ham past

Jamiyat

image

O‘zbekistonda aholining kambag‘allik darajasini kamaytirishning eng maqbul yo‘li ta’limni, oliy ta’limni yashxilash ekani aytildi. Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘ribosari Sodiq Safoyev bugun, 25 yanvar kuni Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasida shunday ikr bildirdi.

Bugungi sessiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasiga bag‘ishlangan. Unda Senat raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev, Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari Akmal Saidov, Moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov, Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov, Adliya vaziri Ruslanbek Davletov ishtirok etishmoqda.

XPK sessiyasida Sodiq Safoyev O‘zbekiston Prezidentining parlamentga yo‘llagan murojaatida ilmiy potensiya borligini ta’kidlab o‘tdi.

“Prezident murojaati katta mulohozalarni o‘zida aks ettirgan. Murojaatnoma zamirida katta tahlillar va bo‘layotgan jarayonlarni chuqur o‘rganishlar yotibdi. Bu hujjatni bir marotaba eshitish, yoki o‘qish kifoya emas. Chunki bu hujjat katta ilmiy potensialga ega”, deydi Safoyev.

Shuningdek, u Prezident murojaatida aytib o‘tilgan oliy ta’lim va qashshoqlik masalalasiga to‘xtalib, ular bir-biriga bog‘liq ekani, O‘zbekistonda yoshlarni oliy ta’limga qamrab olish ayanchi ahvoldaligini aytib o‘tdi.

“Qashshoqlikdan chiqish uchun eng maqbul yechim bu ta’lim tizmini yaxshilashdir. Chunki ilmli odam hech qachon kambag‘al bo‘lmaydi. Afsuski, bizda oliy ta’limga abituriyentlarni qamrab olish qo‘shni davlatlar orasida eng past ko‘rsatkichda. Hatto, Afg‘onistondan xam”, degan Senat raisining birinchi o‘rinbosari.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis palatalariga murojaati davomida aholining 4-5 mlni yetarli daromadga ega emasligin ma’lum qildi. Shuningdek, Prezident xalqaro tashkilotlar bilan birgalikda birinchi marta kambag‘allikni kamaytirish bo‘yicha dastur ishlab chiqishni taklif qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Sodiq Safoev oliy ta'lim Xalqaro press-klub kambag'allik

Baholaganlar

68

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing