Rossiyada Litva mustaqilligini “bekor qilish” harakati boshlandi

Olam

image
0:00
0:00
download

Rossiya Davlat Dumasiga “SSSR Davlat kengashining “Litva Respublikasining mustaqilligini tan olish to‘g‘risida”gi qarorini bekor qilish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi taqdim etildi. Qonun loyihasi kecha, 8 iyun kuni ro‘yxatga olingan.

Loyiha Davlat Dumasi raisi Vyacheslav Volodinga yuborildi.

Hujjatni deputat Yevgeniy Fedorov (“Yagona Rossiya” partiyasidan) taklif qilgan. Qonun chiqaruvchining so‘zlariga ko‘ra, rezolyutsiya Litvaning NATOga a’zoligiga e’tiroz bildirishga imkon beradi.

Fedorovning fikricha, Litva mustaqilligini tan olishda SSSRning “Ittifoq respublikasining ajralib chiqishi bilan bog‘liq masalalarni hal qilish tartibi to‘g‘risida”gi qonuni buzilgan. Chunki Litvada “SSSR tarkibidan chiqish bo‘yicha referendum o‘tkazilmagan”.

Rossiya SSSRning huquqiy vorisi hisoblanadi. Va NATO nizomining oltinchi bandiga ko‘ra, “bahsli yuridik shaxslar alyans a’zosi bo‘la olmaydi”, deydi Fedorov.

Ayni paytda, Rossiya Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov “Yagona Rossiya” vakilining taklifidan Kremlning xabari yo‘qligini aytgan.

Ma’lumot uchun, 1990 yil 11 martda LSSR Oliy Kengashi davlatni Litva Respublikasiga o‘zgartirish to‘g‘risida qonun chiqargan va Litva mustaqilligini tiklash to‘g‘risidagi aktni e’lon qilgan. 1991 yil 6 sentyabrda Mixail Gorbachyov raisligidagi SSSR Davlat kengashi Litva mustaqilligini tan oldi. 2004 yilda mamlakat NATO va Yevropa Ittifoqiga qo‘shildi.

Litva doimiy ravishda Moskvaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishni yoqlab kelmoqda va may oyi oxirida hatto Ukraina donini eksport qilish uchun Rossiyaning Qora dengiz blokadasini olib tashlash uchun dengiz koalitsiyasini yaratishni taklif qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Litva

Baholaganlar

840

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing