Rossiya Ukraina janubida bir qancha hududlarni boy berdi – Rasmiy Kiyev

Olam

image
0:00
0:00
download

Rossiya qo‘shinlari Ukraina Qurolli Kuchlari bilan janglarda Nikolayev va Xerson viloyatlari chegarasidagi bir nechta aholi punktlari ustidan nazoratni yo‘qotdi. Bu haqda Ukraina Qurolli Kuchlari Bosh shtabining hisobotida aytilgan.

Dushman Donetsk va Lugansk viloyatlari hududi ustidan to‘liq nazorat o‘rnatish va Ukrainaning vaqtincha bosib olingan Qrim oroli bilan quruqlik yo‘lagini ushlab turish maqsadida Sharqiy operativ zonada hujum amaliyotlarini to‘xtatmayapti.

Qayd etilishicha, kecha, 4 may kuni Ukraina himoyachilari Donbassda dushmanning 11 ta hujumini qaytardi, janglarda dushmanning 5 ta tanki, 7 ta zirhli texnikasi va 5 ta mashinasini yo‘q qilgan.

Harbiy havo kuchlari va quruqlikdagi kuchlarning havo hujumidan mudofaa bo‘linmalari to‘qqizta havo nishoniga zarba berishdi: to‘rtta dron (ulardan ikkitasi Quruqlikdagi kuchlarning zenit-raketa bo‘linmalari tomonidan) va uchta dushman qanotli raketalari. Shuningdek, ikki samolyot ham urib tushirilgan. Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, qiruvchi Su-30 samolyoti.

Rossiya-Ukraina urushi

Joriy yilning 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina sharqidagi o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Keyinroq RF respublikalarni shu nomdagi viloyatlar chegarasida tan olganini ta’kidlab, Ukrainaga qarshi urush xavfini oshirib yubordi.

Putinning favqulodda qarori ortidan AQSH, YeI, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yaponiya rasmiylari ham Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi.

24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida Donbassda rus harbiylari "maxsus harbiy operatsiya" boshlaganini e’lon qildi va rus qo‘shinlari Ukrainaga hujum boshladi. Putin bu harakatini Ukraina sharqidagi rossiyaparast separatist kuchlar rahbarlari shunday so‘rov yuborgani bilan oqladi.

Bundan avvalroq Zelenskiy Rossiya fuqarolariga rus tilida murojaat qilib, ukrainlarga “na sovuq, na issiq, na gibrid urush kerak emas”ligini, ukrainlar hujumchilarni kutib olishga tayyorligini bildirgandi. Ko‘p o‘tmay Prezident Rossiya bilan diplomatik aloqani uzdi. Prezident Zelenskiy mamlakatda harbiy holat e’lon qildi.

25 fevral kuni Zelenskiy Ukrainada umumiy harbiy safarbarlik e’lon qildi. Armiyaga chaqiruv mamlakatning qator viloyat va shaharlarida amalga oshirilishi belgilandi.

Rus qo‘shinlari hozirgacha Ukrainaga shimol, sharq va janubdan hujum qilib kelmoqda va qator hududlarni egallashga erishdi. Ammo bu urush Rossiyaning dunyoda yakkalanib qolishiga olib keldi.

Ukrainaga hujum boshlanishi Rossiya iqtisodiga og‘ir zarba berdi. Rus kompaniyalari aksiyalari keskin arzonlashdi, Moskva birjasida savdolar mislsiz darajada pasayish bilan o‘tdi. Gazprom, LUKOYL va boshqa yirik kompaniyalar yo‘qotishlarga uchradi.

Hujum boshlangach, Yevropa davlatlari va AQSH Rossiyaga qarshi bir necha bosqichli sanksiyalar joriy qildi. Rossiyaning VTB, “Rossiya” banki, “Otkritiya”, “Novikombank”, “Promsvyazbank”, “Sovkombank” va VEB.RF banklari SWIFT xalqaro banklararo tizimidan uzildi. AQSH va Yevropa Ittifoqi Rossiyaning oltin-valyuta zaxirasini blokladi.

Yevropa davlatlari, AQSH, Kanada Rossiya uchun o‘z havo hududini yopdi. Bu sanksiyalarga neytral davlat hisoblangan Shveysariya ham qo‘shildi. Urush fonida Ukrainani Yevropa Ittifoqi a’zoligiga qabul qilish jarayoni tezlashdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

19

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing