Rossiya emas: Blinken dunyo tartibiga tahdid soluvchi davlat nomini aytdi

Olam

image

Xitoy – hozirgi dunyo tartibini o‘zgartirishni maqsad qilgan yagona davlat. Bu haqda Amerika Qo‘shma Shtatlari Davlat kotibi Entoni Blinkenning AQSHning Xitoyga nisbatan siyosati haqidagi nutqida keltirilgan. Nutqdan parchalar Davlat departamenti Matbuot xizmati tomonidan oldindan tarqatildi.

Qayd etilishicha, Rossiyaning Ukrainadagi maxsus “harbiy operatsiyasi” davom etayotgan bo‘lsa-da, AQSH xalqaro tartib uchun eng jiddiy uzoq muddatli tahdidga, ya’ni Xitoy Xalq Respublikasiga e’tiborini qaratadi.

“Xitoy xalqaro tartibni o‘zgartirish niyatida, u buning uchun o‘sib borayotgan iqtisodiy, diplomatik, harbiy va texnologik qudratga ega bo‘lgan yagona davlatdir”, deydi u.

Avvalroq, Xitoy Kommunistik partiyasi (XKP) Markaziy Qo‘mitasi Siyosiy byurosi a’zosi, XKP Markaziy qo‘mitasining Tashqi ishlar komissiyasi devonining rahbari Yan Szechi Vashingtonni mamlakat ichki ishlariga aralashgan taqdirda Pekin o‘z suverenitetini himoya qilish uchun qat’iy choralar ko‘rishi haqida ogohlantirgan edi. 

Siyosatchining fikricha, Tayvan masalasi Xitoy-AQSH munosabatlaridagi eng muhim, nozik va asosiy hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Xitoy Tayvan'

Baholaganlar

1436

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing