Rossiya hozir qiyin ahvolda – Peskov

Olam

image
0:00
0:00
download

Rossiya hozir qiyin ahvolda, ammo bu uni do‘st davlatlar bilan o‘zaro munosabatlarning yangi usullarini izlashga undamoqda. Bu haqda Rossiya Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi arafasida aytib o‘tdi.

“Ahvol yaxshi emas, aksincha bu misli ko‘rilmagan iqtisodiy urush nuqtai nazaridan qiyin deb ta’riflash mumkin [mamlakatga G‘arb tomonidan kiritilgan sanksiyalar tufayli]. Ammo yaxshiliksiz yomonlik bo‘lmaydi. Bu holat bizni va do‘st mamlakatlarimizni o‘zaro hamkorlikning yangi usullarini, hamkorlikning yangi mexanizmlarini, o‘zaro moliyaviy hisob-kitoblarning yangi mexanizmlarini izlashga undamoqda”, deydi Peskov.

Matbuot kotibining ta’kidlashicha, “zaxira valyutalarining roli, dollarning roli, yevroning roli muqarrar ravishda zaiflashmoqda, ko‘plab mamlakatlar huquqiy va moliyaviy tizimlarga ishonchini yo‘qotmoqda”.

“Qo‘pol qilib aytganda, siz ma’lum bir mamlakatga pul qo‘yganingizda va ularni sizdan tortib olishligi mumkinligini aniq tushunganingizda yoki ba’zi ulkan ob’ektlarga sarmoya kiritdingiz va ularni ham olib qo‘yishligi mumkinligini tushunsangiz, tabiiyki, agar siz oqilona investor bo‘lsangiz, asta-sekin tuxumlaringizni turli savatlarga sola boshlaysiz”, deya tushuntirgan matbuot kotibi. 

Uning qo‘shimcha qilishicha, “bu jarayon allaqachon boshlangan, bu butun dunyoda davom etmoqda”.


Maqola muallifi

Teglar

Dmitriy Peskov

Baholaganlar

947

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing