Rossiya harbiy-transport samolyoti turar-joy yaqiniga quladi (video)

Olam

image

Bugun, 24 iyun kuni Rossiyaning Ryazan shahrida Il-76 harbiy-transport samolyoti quladi. Bu haqda TASS Favqulodda vaziyatlar vazirligining Ryazan viloyati bo‘yicha boshqarmasiga asoslanib xabar berdi.

“24 iyun kuni Moskva vaqti bilan soat 3:18 da Rossiya FVVning Ryazan viloyati boshqarmasiga Ryazan shahrida samolyot qulagani haqida xabar kelib tushdi. Samolyot qulashi oqibatida vayrongarchilik sodir bo‘lmagan. Jabrlangan haqida ma’lumot aniqlashtirilyapti”, deyiladi xabarda.

Nashr manbasiga ko‘ra, samolyot qulagach, yong‘in yuz bergan va tezda o‘chirilgan. TASS muxbirining voqea joyidan xabar berishicha, samolyot xususiy turar-joy binolari yaqinidagi maydonga, Mixaylovskiy shossesi hududida, Pletenka daryosi tekisligidagi yaylovlarda qulagan.

Kema bortida 10 kishi bo‘lgan. Besh kishi jarohatlangan, deya xabar bergan manba. Uch kishi Ryazan viloyat klinik shifoxonasiga yotkizilgan. Ikki kishi halok bo‘lgan. Ba’zi rus nashrlariga ko‘ra, olti kishi jarohatlangan, uch nafari vafot etgan.

Rossiya Mudofaa vazirligi Il-76 o‘quv parvozi vaqtida nosozlik tufayli halokatli qo‘nishni amalga oshirganini ma’lum qildi.

“Yuksiz o‘quv parvozi vaqtida dvigatelda aniqlangan nosozlik tufayli ekipaj yerga qo‘nishga qaror qildi. Samolyot yerga qo‘ndirilganda qisman vayron bo‘ldi”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

samolyot

Baholaganlar

414

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing