Ronaldu har kuni Benzemaga rahmat aytishi kerak – Kassano

Sport

image

Krishtianu Ronaldu Benzema bilan birga o‘ynagani uchun rahmat, deb har kuni ertalab duo qilishi kerak. Bu haqda italiyalik sobiq futbolchi Antonio Kassano “Bobo TV” telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tgan.

Shuningdek, italiyalik sobiq hujumchining so‘zlariga ko‘ra, Benzema hujumchi bo‘lishiga qaramasdan, to‘qqizlik va o‘nlik pozitsiyada birdek harakat qiladi.

“Futbol faqat unvon va gollardan iborat emas. Zidan ko‘p gol urmagan, ammo u tarixdagi eng buyuklaridan biri. Gollar va unvonlar kerak, ammo ular hal qiluvchi rol o‘ynamaydi. Krishtianu har kuni ertalab Benzema men bilan o‘ynaganingiz uchun rahmat, deb duo qilishi kerak. 

Benzema o‘tgan mavsumda va joriy mavsumda “gol+pas” tizimida 50 dan oshiq ochko to‘plagan, o‘tgan mavsum va joriy mavsumda 30 dan ortiq gol urgan. Ronaldu har doim kuchli hisoblangan, lekin u boshqa turdagi o‘yinchi hisoblanadi. Karim Benzema esa markaziy hujumchi bo‘lishiga qaramasdan to‘qqizlik va o‘nlik futbolchi vazifasini bajaradi”, degan Kassano. 

Ma’lumot o‘rnida, Antonio Kassano futbolchilik faoliyati davomida “Roma”, “Milan”, “Inter”, “Manchester Yunayted” va “Real Madrid” kabi jamoalar safida to‘p tepgan.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Ronaldu Benzema Kassano

Baholaganlar

217

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing