Realme brendidan yangi mahsulot – “quvvat monstri” realme C25 smartfonini taqdim etdi

Biznes

image

Dunyodagi eng tez o‘sib borayotgan smartfonlar brendi realmedan yangi mahsulot – "quvvat monstri" realme C25 smartfonini taqdim etdi.

Faqatgina 17 iyun kuni realme C25 smartfonini arzonlashtirilgan narxda – 1 970 000 so‘m emas 1 694 000 so‘m evaziga hamkorlarimiz olcha.uz va MEDIAPARK.UZ internet-do‘konlarida xarid qilishingiz mumkin.

O‘rta byudjetli realme C25 smartfonida qulay foydalanish uchun zarur bo‘lgan barcha funksiyalar mavjud – sifatli old va asosiy kameralar, o‘yinlar uchun mo‘ljallangan MediaTek Helio G70 protsessori, natijada smartfon "o‘yinlar monstri" maqomiga ega bo‘lgan. Shuningdek, smartfon kuchli 6000 mA/s quvvatga ega akkumulyatorga ega. USB Type port orqali 18 Vt tez quvvat olish imkoniyatiga ega, kutish rejimida 47 kungacha ishlashi mumkin.

Realme C25 smartfoni 6,5 dyuymlik IPS-ekranga ega, displeyning tasvir aniqligi HD+ formatida. Smartfonga 8 megapiksellik old kamera o‘rnatilgan. Asosiy kameraning moduli uchta ob’ektivdan iborat: keng ob’ektiv – 48 MP, makro kamera – 2 MP va 2 MP o‘lchamga ega chuqurlikni o‘lchash uchun mo‘ljallangan ob’ektiv. Barmoq izi skaneri smartfonning orqa qismida joylashgan.

Sakkiz yadroli MediaTek Helio G70 protsessori barcha kundalik vazifalarni osonlik bilan bajara oladi, shu bilan bir qatorda mashhur o‘yinlarni ham bemalol o‘ynash imkoniyatini beradi. Shuning uchun smartfonni o‘zining narx segmentidagi o‘yin uchun mo‘ljallangan eng yaxshi smartfonlardan biri deb atashimiz mumkin.

Instagram’da yangiliklardan boxabar bo‘ling

Telegram kanalimizga a’zo bo‘ling

 

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

smartfon

Baholaganlar

65

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing