“Real” yana bir “cho‘qqi”ni zabt etdi

Sport 5871
image

Madridning “Real” klubi Instagram sahifasida obunachilar soni 100 milliondan oshdi. Ushbu natijadan so‘ng “Qirollik klubi” shuncha obunachiga ega bo‘lgan dunyodagi ilk sport jamoasiga aylandi.

2-o‘rinni “Qaymoqranglilar”ning prinsipial raqibi sanaluvchi “Barselona” klubi egallab turibdi. “Ko‘k-anorranglilar”ning Instagram sahifasida ayni damda 97,7 million obunachi mavjud. 

Ma’lumot uchun, ikkala klubga obunachilar soni bo‘yicha eng yaqin ta’qibchi “Manchester Yunayted” klubi sanaladi. “Qizil iblislar”da bu ko‘rsatkich 41,1 milliontayb tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda Krishtianu Ronalduning Instagram sahifasidagi kuzatuvchilari soni 300 milliondan oshgan edi. Shundan so‘ng, u bunday natijaga erishgan dunyodagi birinchi inson sifatida qayd etilgan edi.

Abdulla Mannonov
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 215
Reyting: 3
t
×