“Real” qiziqqan futbolchini PSG ilib ketishi mumkin

Sport

image

Ispaniyaning “Real Madrid” jamoasi qiziqish bildirayotgan “Monako” yarim himoyachisi Aureliyen Tchuameni PSG ga o‘tishi mumkin. Bu haqda “Marca” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Madrid klubi 22 yoshli futbolchini joriy yilning yozida transfer qilolmaydi.  Bundan Tchuameni bilan shartnoma imzolashdan manfaatdor bo‘lgan PSG foydalanishi mumkin. Chunki parijliklar “Monako” futbolchisini o‘zlari uchun jiddiy xarid sifatida belgilab olgan. Shuningdek, “Liverpool” va “Chelsi” ham o‘z tarkibida fransiyalik futbolchini ko‘rishni istaydi. Ammo Aureliyenning o‘zi “Real” yoki PSJda birini tanlashi mumkin.

Ma’lumot o‘rnida, joriy mavsumda Tchuameni “Monako” safida 47 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. “Transfermarkt” portali fransiyalik  futbolchini 40 million yevroga baholamoqda.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

13

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing