Raqamli transformatsiya va intellektual IP-tarmoqlar O‘zbekiston IT hamjamiyatining diqqat markazida 

Biznes

image

2022 yil 30 avgust kuni Toshkent shahrida beshinchi yillik IP GALA forumi bo‘lib o‘tdi, unda texnologik kompaniyalar vakillari, aloqa operatorlari, soha yekspertlari, AKT yekotizimi bo‘yicha hamkorlar va Huawei kompaniyasi vakillari intellektual IP tarmoqlari va umuman raqamli transformatsiya sohasidagi innovatsion yutuqlarni muhokama qilishdi.

Innovatsion yechimlarni joriy etish va O‘zbekistonning AKT infratuzilmasini mustahkamlashga qiziqish ortib borayotganini hisobga olgan holda, Huawei kompaniyasi doimiy ravishda mamlakat  IT-bozorining ishtirokchilarii bilan o‘z ekspertlik tajribasini baham ko‘rib keladi. Har yili bo‘lib o‘tadigan IP GALA Yevroosiyo forumi bu yil Toshkentda tashkil etildi va AKT sohasi mutaxassislari o‘rtasidagi muloqot uchun ajoyib platforma vazifasini bajardi.

Forumning asosiy muhokama mavzulari quyidagilar bo‘ldi: 5G davridagi transport tarmoqlari, IP-tarmoqlarni rivojlantirish, operator ma’lumotlarini qayta ishlash markazlari bilan o‘zaro bog‘lanish xususiyatlari, sun’iy intellekt yordamida tarmoq boshqaruvini avtomatlashtirish.

“Raqamli iqtisodiyot mamlakatning barcha tarmoqlarini jadal rivojlantirishga xizmat qilmoqda. Yuqori samaradorlikka ega tarmoqlar raqamlashtirish jarayonlarida bulutli yechimlarning qiymatini maksimal darajada oshirishga yordam beradi. Masalan, SRv6 texnologiyasi bulutga kirish tezligini oshiradi, tashkilotning bir nechta bulutlarga kirish imkoniyatining ko‘pligi yagona infratuzilma tarmog‘i doirasida xizmatlarni ajratishga yordam beradi va shunga muvofiq iqtisodiyotning ko‘plab sohalarini raqamlashtirishni sezilarli darajada tezlashtira oladi”, deydi Chjao. Ley, Huawei Yevroosiyo operatorlari bo‘limi prezidenti. 

Forum doirasida ishtirokchilar IP-tarmoqlarni rivojlantirish tendensiyalari, ma’lumotlar uzatish jarayonlarini avtomatlashtirish bo‘yicha muammolar va yechimlarni muhokama qildilar, transport yechimlarini joriy etish va ulardan foydalanish, SRv6 (Segment Routing v6) Slicing protokolidan foydalanish bo‘yicha o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar. Shuningdek, NCE yechimidan foydalanish misolida innovatsion strategiya haqidagi savollarga ham to‘xtalib o‘tildi.

Tadbir doirasida aloqa operatorlari va xalqaro tahlil agentliklari vakillari ishtirokida panel muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Ma’ruzachilar transport tarmoqlarini rivojlantirishning eng ustuvor yo‘nalishlarini belgilab oldilar. Tartibga solish siyosatini olib borishda xizmat qiladigan aloqa operatorlari faoliyatida IP xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha yuzaga keladigan qiyinchiliklar, muammolar va kelgusida qilinadigan ishlar muhokama qilindi. Ma’lumotlar uzatish tarmog‘ini modernizatsiya qilish asosida operatorlar IP xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha asosiy muammolar, trendlar va takliflar tahlil qilindi.

Huawei kompaniyasi O‘zbekistonda 23 yildan ortiq vaqtdan beri faoliyat yuritib, mahalliy aloqa operatorlari va ekotizim bo‘yicha hamkorlar bilan yaqin aloqada AKT infratuzilmasini mustahkamlashga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. Aloqa tarmoqlarini rivojlantirish va iqtisodiyotning turli sohalarini raqamlashtirish bo‘yicha jahon tajribasini hisobga olgan holda kompaniya raqamli rivojlanishning ustuvor masalalarini muhokama qilishga bag‘ishlangan forumlarni muntazam ravishda o‘tkazmoqda va soha mutaxassislari uchun ekspertlar bilan fikr almashish maqsadida tadbirlar tashkil etmoqda. Xususan, Toshkentda 2019 yilda ham IP GALA – 2019 forumi o‘tkazilgan va tajriba almashish uchun samarali platforma sifatida o‘zini namoyon etgan edi.

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

14

Reyting

3.4

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing