“Rahmat, O‘zbekiston”. “Alif” asoschilaridan biri O‘zbekistonda o‘z faoliyatini yakunladi

Biznes

image

2017 yilda O‘zbekiston va Tojikiston chegaralari ochilishi bilan ikki davlat uchun yangi imkoniyatlar ham ochildi. Ikki yildan so‘ng "Alif" o‘zbek xalqiga xizmatlarini ko‘rsatishga qaror qildi.

Uch yildan ortiq vaqt davomida "Alif" jamoasi mamlakatimiz uchun zamonaviy yechimlarni ishlab chiqishda davom yetmoqda.

"Albatta, biz hali ko‘p yo‘l bosib o‘tishimiz kerakligini tushunamiz, axir bu – ishimizning hali dastlabki kunlari xolos", deydi o‘z murojaatida Zuhursho Rahmutallayev jamoa esa ushbu maqsadlarga erishish uchun yangi mahsulotlar ustida ishlamoqda.

Ushbu videoda u O‘zbekistonga mehmondo‘stligi, "Alif"ni quchoq ochib kutib olgani va uning gullab-yashnashiga yordam bergani uchun minnatdorlik bildirmoqda. Kompaniyaning asosiy maqsadi – mamlakatdagi har bir insonning hayot sifatini yaxshilashdir. Bu haqda u shunday deydi:

"Biz haqiqatdan ham mijozlarga e’tiborlimiz va ularning baxti bizning biznesimizga kuch beradigan yoqilg‘idir".

"Alif" yuqori darajali xizmat ko‘rsatish va texnologik mahsulotlar dunyoning istalgan nuqtasida taraqqiyotning dvigateli bo‘lishiga ishonadi.

O‘zbekistonda ko‘pchilik "Alif" nasiya, "Alif shop" va "Alif mobi" kabi kundalik hayotda yordam beradigan, vaqtni tejaydigan, kerakli tovarlarni hozir xarid qilib, keyinroq to‘lashga yordam beradigan loyihalar haqida eshitgan. 180 dan ortiq o‘zbekistonliklar "Alif"ning rivojlanishi va yanada ko‘proq aholiga yordam berishi uchun mehnat qilmoqda.

"Ishonchim komilki, rahbarlarning yangi avlodi liderlik rolini o‘z zimmasiga olishi va O‘zbekistonda "Alif"ni yanada rivojlantirishi kerak", shu so‘zlar bilan u mamlakatdagi missiyasini yakunlab, yangi bozorlarni o‘rganishga yo‘l oldi.

Shuningdek, Zuhursho Rahmutallayev 3 yil davomida o‘zbek tilini o‘rganib, o‘z fikrlarini o‘zbek tilida bayon yetishga harakat qildi. Uning talaffuziga tushunish bilan yondashing. To‘liq videoni bu yerda tomosha qiling.

Yoqimli tomosha

 

Ma’lumot uchun: +998 71 202 51 53

Batafsil ma’lumot uchun saytimizga tashrif buyuring www.aliftech.uz

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

224

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing