Putin Kiyevning harakatlarini insoniyatga qarshi jinoyat deb atadi

Olam

image
0:00
0:00
download

Kiyev rejimining Donbascdagi harakatlari faqat insoniyatga qarshi jinoyat sifatida baholanishi mumkin. Bu haqda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin X Sankt-Peterburg xalqaro yuridik forumi ishtirokchilariga murojaatida aytib o‘tdi.

“Kiyev rejimining harakatlariga insoniyatga qarshi jinoyatdan boshqa ta’rif yo‘q”, deydi Rossiya davlati rahbari.

Shuningdek, u ba’zi davlatlar xalqaro normalarni o‘zlarining milliy yurisdiksiyalari bilan, qonunlarni esa diktaturalar bilan almashtirishga harakat qilayotganini aytdi. Putinga ko‘ra, ular ataylab asosiy huquqiy tamoyillardan voz kechmoqda.

Rossiya yetakchisining fikricha, xalqaro huquq tizimini, albatta, rivojlantirish kerak, lekin sabab va natijani aralashtirib yubormaslik lozim. Inqirozlar "qonunga xos bo‘lgan illatlar tufayli tug‘ilmaydi", deb ishonadi u.

Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, ba’zi davlatlar jahon miqyosida hukmronlik yo‘qolishini qabul qilishga tayyor emas va ular adolatsiz bir qutbli modelni saqlab qolishga intilmoqda. 

“Qoidalarga asoslangan tartib va boshqa shubhali tushunchalar niqobi ostida ular global jarayonlarni o‘z xohishiga ko‘ra nazorat qilish hamda yo‘naltirishga harakat qilmoqda, faqat bir davlatga – Amerika Qo‘shma Shtatlariga manfaatli qarorlar qabul qiladigan yopiq bloklar va koalitsiyalar yaratish yo‘lidan borimoqda”, deydi u.

Rossiya-Ukraina urushi

Joriy yilning 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina sharqidagi o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Keyinroq RF respublikalarni shu nomdagi viloyatlar chegarasida tan olganini ta’kidlab, Ukrainaga qarshi urush xavfini oshirib yubordi.

Putinning favqulodda qarori ortidan AQSH, YeI, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yaponiya rasmiylari ham Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi.

24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida Donbassda rus harbiylari "maxsus harbiy operatsiya" boshlaganini e’lon qildi va rus qo‘shinlari Ukrainaga hujum boshladi. Putin bu harakatini Ukraina sharqidagi rossiyaparast separatist kuchlar rahbarlari shunday so‘rov yuborgani bilan oqladi.

Bundan avvalroq Zelenskiy Rossiya fuqarolariga rus tilida murojaat qilib, ukrainlarga “na sovuq, na issiq, na gibrid urush kerak emas”ligini, ukrainlar hujumchilarni kutib olishga tayyorligini bildirgandi. Ko‘p o‘tmay Prezident Rossiya bilan diplomatik aloqani uzdi. Prezident Zelenskiy mamlakatda harbiy holat e’lon qildi.

25 fevral kuni Zelenskiy Ukrainada umumiy harbiy safarbarlik e’lon qildi. Armiyaga chaqiruv mamlakatning qator viloyat va shaharlarida amalga oshirilishi belgilandi.

Rus qo‘shinlari hozirgacha Ukrainaga shimol, sharq va janubdan hujum qilib kelmoqda va qator hududlarni egallashga erishdi. Ammo bu urush Rossiyaning dunyoda yakkalanib qolishiga olib keldi.

Ukrainaga hujum boshlanishi Rossiya iqtisodiga og‘ir zarba berdi. Rus kompaniyalari aksiyalari keskin arzonlashdi, Moskva birjasida savdolar mislsiz darajada pasayish bilan o‘tdi. Gazprom, LUKOYL va boshqa yirik kompaniyalar yo‘qotishlarga uchradi.

Hujum boshlangach, Yevropa davlatlari va AQSH Rossiyaga qarshi bir necha bosqichli sanksiyalar joriy qildi. Rossiyaning VTB, “Rossiya” banki, “Otkritiya”, “Novikombank”, “Promsvyazbank”, “Sovkombank” va VEB.RF banklari SWIFT xalqaro banklararo tizimidan uzildi. AQSH va Yevropa Ittifoqi Rossiyaning oltin-valyuta zaxirasini blokladi.

Yevropa davlatlari, AQSH, Kanada Rossiya uchun o‘z havo hududini yopdi. Bu sanksiyalarga neytral davlat hisoblangan Shveysariya ham qo‘shildi. Urush fonida Ukrainani Yevropa Ittifoqi a’zoligiga qabul qilish jarayoni tezlashdi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi

Baholaganlar

16

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing