Prokuratura Ohangaronda mashinadan o‘zini tashlab o‘lgan haydovchi ishi bo‘yicha tekshiruv boshladi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Avvalroq Ohangaronda YPX xodimlari qoidabuzar haydovchini kaltaklab o‘ldirib qo‘ygani haqida xabarlar tarqalgandi. Uning ortidan IIV bunga raddiya bergandi.

Holat yuzasidan O‘zbekiston Bosh prokuraturasi ham munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, Ohangaron tumanida YHXB inspektorlari va haydovchi o‘rtasidagi vaziyat hamda haydovchining o‘limi bilan bog‘liq holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. 

Marhumning o‘limi sabablarini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.

Holatga aniqlik kiritish uchun YXXB xodimlariga biriktirilgan “Body camera”da aks ettirilgan videotasvirlar olingan. 

YXHB xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlangan.

Mazkur holat har tomonlama, to‘la va xolisona tekshirib chiqiladi va natijasi haqida qo‘shimcha xabar qilinadi.


Maqola muallifi

Teglar

YPX Ohangaron

Baholaganlar

318

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing