Prezidentning bolaligi. U 8 jildlik kitob uchun haftalar davomida kulcha sotgan (video)

Olam

Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev davlat hokimiyati idoralarida faoliyat yuritayotgan rahbarlarga o‘zi o‘qigan maktabga borib, kitob sovg‘a qilishni, bolalarning kelajagi uchun hissa qo‘shishni taklif qilgan edi. Bu esa mamlakatda yirik aksiyaga aylanib ketdi. 

Turkiyada ham ayni vaqtda kitobxonlikka yuqori darajada e’tibor qaratilmoqda. Adolat va taraqqiyot partiyasi tomonidan kitob targ‘ibotiga bag‘ishlab tayyorlangan videorolikda shaxsan Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an ishtirok etdi. 

Unda Rajab Toyib Erdo‘g‘an o‘z bolaligini xotirlaydi. 

Rolikda maktab o‘quvchisining darslardan keyin mahallalarni kezib, kulcha sotib yurgani, undan orttirgan pulini yig‘ib, kitob xarid qilayotgani tasvirlangan. U shunchaki to‘qima obraz emas. Balki, Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘anning bolaligi. 

“Bu mening hikoyam. Bolaligimning ilk xayoli. Bu 8 jildlik kitobni sotib olish uchun haftalar davomida ishlagan kunlarimning hikoyasi. Bu kitoblarga qarab, kutubxona xayolida yashagan u bolakayni xotirlayman. Hozirgi kutubxonamda o‘sha kitoblar javonning boshida turibdi. Uning sahifalarini ochganimda bolaligimning isi, onamning ifori keladi. O‘zimga o‘zim shunday deyman: inson xayol etgani qadar inson. Bolalar – sizning ham kitoblaringiz va bu Vatan uchun olamshumul xayollaringiz”, deydi Erdo‘g‘an. 


 


Maqola muallifi

Teglar

Rajab Toyib Erdo'g'an

Baholaganlar

132

Reyting

4

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing