Prezidentimiz sportchilarning har bir chiqishini kuzatib bordi — Tanzila Norboyeva

Sport 4702
image

Avval xabar berganimizdek, kecha, 9 avgust kuni Tokio-2020 Olimpiadasida ishtirok etgan O‘zbekiston Olimpiya delegatsiyasi Yaponiyadan Toshkentga qaytdi va ular Toshkent Xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olindi.

Olimpiya delegatsiyasi Toshkent xalqaro aeroportida kutib olingach, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva sovrindor olimpiyachilarni Yaponiyadagi muvaffaqiyat bilan tabrikladi.

“Biz butun boshli musobaqani yurtimizga muxlislik qilib, delegatsiyamizning sovrinlar qo‘lga kiritishiga umidvor bo‘lib kuzatdik. Hozirgina aytib o‘tildi, bizning terma jamoamiz 200 dan ortiq davlat ishtirok etgan Olimpiadada 32-o‘rinni egallabdi. Osiyo davlatlari orasida esa bu ko‘rsatkich beshinchi, markaziy Osiyo davlatlari hamda turkiyzabon mamlakatlar orasida esa birinchi o‘rinni oldi. MDH hamda Islom davlatlari orasida ko‘plab  rivojlangan mamlakatlarni ortda qoldirib, 2-o‘rinni olishdi va bizni g‘urur-iftixorga to‘ldirishdi.

Aziz o‘g‘lonlarimiz, bizning barcha sportchi qizlarimiz bugun mana o‘zlarining tinimsiz mehnatlari hamda murabbiylarining mehnati tufayli ular yorug‘ yuz bilan yurtimizga medallar olib qaytib kelishdi. Shuni ta’kidlab o‘tmoqchimanki, prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev sportchilarning har bir chiqishini siz qanday ko‘rgan bo‘lsangiz, xuddi shu tarzda kuzatib bordilar. Ularning ishonchini oqlashgani ham katta bir yutuq”, deydi Norboyeva.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston delegatsiyasi Tokio Olimpiadasida umumiy 5 ta medal — 3 ta oltin va 2 ta bronza qo‘lga kiritishgan.

Abdulla Mannonov
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 135
Reyting: 2.9
t
×