Prezident Rahmat Mamatovni senator etib tayinladi
Jamiyat
−
24 yanvar 2020
7089O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga muvofiq, “Mahalla” xayriya jamoat fondi respublika boshqaruvi raisi Rahmat Toshnazarovich Mamatov Oliy Majlis Senati a’zosi etib tayinlandi.
2017 yilning oktyabridan buyon Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Rahmat Mamatov 21 yanvar kuni "Mahalla" kengashiga rais etib tayinlangandi.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Senat majlisida Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘i Rahmat Mamatov “Mahalla” xayriya jamoat fondiga rahbar bo‘lishi va senator etib tayinlanishini aytib o‘tgandi.
LiveBarchasi
Farg‘onada qiymati 76 mln so‘mlik “paqqilloqlar” ushlandi
07 noyabr 2023
Shavkat Mirziyoyev Qatar sobiq bosh vazirini qabul qildi
07 noyabr 2023
Falastin Bosh vaziri Muhammad Shtaye G‘azodagi urush sabab halok bo‘lgan bolalar haqida gapirayotib yig‘lab yubordi
07 noyabr 2023